Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Доимий комиссия йиғилиши.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод тумани Кенгашида депутатлар йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Ёшлар билан очиқ мулоқот — келажакка қадам!
янв.21
Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича комиссияси йиғилиши
янв.21
Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси йиғилиши
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining doimiy komissiya yigilishi
янв.21
Депутат ва “Маҳалла еттилиги” хамкорлиги
янв.21
ПАХТАОБОД ТУМАНИДА “ЁШЛАР ОЙЛИГИ” ДОИРАСИДА СПОРТ ФЕСТИВАЛИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
Куз-қиш мавсумига тайёргарлик
Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Hamroyev hamda Qo‘rg‘oncha saylov okrugidan saylangan deputat K. Qosimovalar Muborak mahallasida yashovchi fuqaro Zafar G‘aniyevning murojaati yuzasidan joyiga chiqib, holatni o‘rganishdi.

Fuqaro murojaatida mahalla ichki yo‘llarini shag‘allashtirish va betonlashtirish masalasida amaliy yordam so‘ralgan bo‘lib, ushbu murojaat tegishli mas’ullar tomonidan joyida atroflicha o‘rganildi.

Bugungi kunda mahallada Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-son qaroriga muvofiq, qishloq aholi punktlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish orqali aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va turmush darajasini oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur yo‘nalishda mahallani toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, uzluksiz elektr energiyasi tarmog‘ini yaxshilash hamda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, ayni paytda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida suv tarmog‘ini tortish ishlari boshlab yuborilgan.

Slide 1 of 4