Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
🌱 Amudaryo tumanida yoshlarga ajratilgan yer maydonlaridan oqilona va samarali foydalanish maqsadida navbatdagi amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida ishtirokchilar Xolimbeg ovulidagi yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida amalga oshirilgan amaliy ishlar, ekinlarning holati va ularni parvarishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbirda hududning tajribali dehqonlari tomonidan yoshlarga yerga bo‘lgan e’tibor, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri qo‘llash, suvdan tejab foydalanish va mo‘l hosil olish sirlari haqida muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Seminar jarayonida Xolimbeglik yoshlarning o‘z mehnati bilan barpo etgan dalalaridagi hosilning serobligi alohida e’tirof etildi.