Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Erta nikoh – qadriyat emas, muammo!

 Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati N.Aminova tashabbusi bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati Axborot-kutubxona markazi huzuridagi boshlangʻich partiya tashkiloti aʻzolari ishtirokida “Erta nikoh qadriyat emas” mavzusida tadbir tashkil etildi.  

Tadbir davomida yoshlar ongida erta nikohning ijtimoiy, huquqiy va tibbiy oqibatlari, shuningdek, ayol va qizlarning ta’lim olishi, mustaqil hayotga tayyorgarligi va o‘zini rivojlantirishi zarurligi borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Deputat Nasiba Aminova o‘z chiqishida:

“Erta nikoh hech qachon qadriyat bo‘lmagan va bo‘lishi ham mumkin emas. Qizlarimizning haqiqiy qadriyati — ularning bilimida, or-nomusida, o‘z yo‘lini topishidadir”, — deya ta’kidladi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z fikrlarini bildirar ekan, erta nikohlarning ko‘plab oilaviy muammolarga sabab bo‘layotgani, yosh avlod tarbiyasida bu masalaga jiddiy e’tibor zarurligini qayd etdilar. 

Slide 1 of 3