Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Доимий комиссия йиғилиши.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод тумани Кенгашида депутатлар йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Ёшлар билан очиқ мулоқот — келажакка қадам!
янв.21
Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича комиссияси йиғилиши
янв.21
Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси йиғилиши
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining doimiy komissiya yigilishi
янв.21
Депутат ва “Маҳалла еттилиги” хамкорлиги
янв.21
ПАХТАОБОД ТУМАНИДА “ЁШЛАР ОЙЛИГИ” ДОИРАСИДА СПОРТ ФЕСТИВАЛИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
Куз-қиш мавсумига тайёргарлик
Zuhro mahallasida jinoyatchilikni oldini olish masalalari deputat ishtirokida muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan qarori mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Zuhro mahalla fuqarolari ishtirokida muhokama yigʻilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A. Ermatov, shahar “Nuroniylar” bo‘limi rahbari, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, “Mahalla yettiligi” a’zolari hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

Unda shahar Kengashining jinoyatchilikni kamaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlashga qaratilgan qarori ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

Deputat A. Ermatov o‘z chiqishida Marg‘ilon shahrida 2025 yil davomida jinoyatlar soni o‘tgan yilga nisbatan oshgani, ayniqsa ayrim mahallalarda “qizil” toifaga kiruvchi Zuhro MFYda profilaktik ishlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida mahalla yettiligi va faollar tomonidan jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning sabablari hamda ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.

Shuningdek, “ko‘chabay” ishlash tizimi asosida mahalla aholisi bilan bevosita muloqotlar o‘tkazish, yoshlarni bandlikka jalb etish, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida hal qilish, jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan manzilli ishlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Tadbir yakunida mahalla faollariga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda faollikni yanada oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha topshiriq va tavsiyalar berildi.
 

Slide 1 of 4