Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Доимий комиссия йиғилиши.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод тумани Кенгашида депутатлар йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Ёшлар билан очиқ мулоқот — келажакка қадам!
янв.21
Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича комиссияси йиғилиши
янв.21
Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси йиғилиши
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining doimiy komissiya yigilishi
янв.21
Депутат ва “Маҳалла еттилиги” хамкорлиги
янв.21
ПАХТАОБОД ТУМАНИДА “ЁШЛАР ОЙЛИГИ” ДОИРАСИДА СПОРТ ФЕСТИВАЛИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
Куз-қиш мавсумига тайёргарлик
O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!

O‘zbek tili — millat g‘ururi, Vatan faxri!

Bugun — 21 oktyabr, O‘zbek tili bayrami kuni, shuningdek ona tilimizga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan xalqimiz uchun faxrli, g‘ururli kunlardan biridir.

O‘zbek tili — ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy o‘zligimizning timsoli, xalqimizning ruhiy qudratini ifoda etuvchi muqaddas qadriyatdir.

🇺🇿 1989-yil 21-oktabrda “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi, millatimiz tarixida muhim burilish yasab, ona tilimizning nufuzi va mavqeini yuksaltirdi.

📖 Shu munosabat bilan xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug‘ bayram bilan samimiy tabriklaydi!

Keling, ona tilimizga hurmat va e’tibor bilan yondashaylik, uni asrab-avaylab, kelajak avlodlarga boyitilgan holda yetkazaylik.

Til – millatning ruhi, tili bor elning ruhi so‘nmaydi!

Slide 1 of 5