Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Доимий комиссия йиғилиши.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод тумани Кенгашида депутатлар йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Ёшлар билан очиқ мулоқот — келажакка қадам!
янв.21
Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича комиссияси йиғилиши
янв.21
Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси йиғилиши
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining doimiy komissiya yigilishi
янв.21
Депутат ва “Маҳалла еттилиги” хамкорлиги
янв.21
ПАХТАОБОД ТУМАНИДА “ЁШЛАР ОЙЛИГИ” ДОИРАСИДА СПОРТ ФЕСТИВАЛИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
Куз-қиш мавсумига тайёргарлик
2025-YILNING UCHINCHI CHORAGIDA MIROBOD TUMANIDA OLIB BORGAN DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN DEPUTATLAR SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERMOQDALAR

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev 8-Fayziobod saylov okrugiga qarashli mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, 2025-yilning ikkinchi choragida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan axborot berdi. Yig‘ilishda xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashga “Adolat”SDP dan saylangan deputatlar M.Masharipov, T.Gribanova, A.Eshmatov o‘z hisobotlari bilan qatnashdilar.  

O‘zbekiston Temir Yo‘llariga qarashli «Sihatgoh» majlislar zalida Yangi zamon, Banokatiy, Furqat, Fitrat, Oltinko‘l, Sariko‘l, Qorasuv, Oq uy, Fayziobod, Istiqlobod, Tong Yulduzi, Inoqobod “Navro‘z” “Bilimdon”, “Chinor”, «Qorasuv», “Oq uy”, “Temiryo‘lchilar” mahallalarida yashovchi fuqarolar, yoshlar faol ishtirok etdi. Uchrashuvda deputatlar o‘z faoliyati doirasida bajarilgan ishlar, aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida batafsil axborot taqdim etdilar.

Axborotda qayd etilishicha, 2025-yilning uchinchi choragi davomida deputatlar tomonidan jami 68 ta sayyor qabullar o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu qabullarda 280 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etgan. Uchrashuvlar davomida fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglangan, ularning aksariyati amalda ijobiy hal etilgan.

Murojaatlarning asosiy qismini issiqlik taʼminoti bosimining pastligi, suv-oqava yo‘llarining nosozligi kabi kommunal masalalar tashkil qilgan. Ushbu masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaatlar yo‘llanib, ularning ko‘pchiligi hal etilgan. 

Slide 1 of 6