Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

2025-yil 8-avgust kuni Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi binosida kotibiyati xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Kengashdagi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) deputatlik guruhi faoliyatining samaradorligini o‘rganish, mavjud holatni tahlil qilish va faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda deputatlik guruhining so‘nggi yillardagi tashabbuslari, qabul qilingan qarorlar ijrosi, saylovchilar bilan olib borilgan muloqotlar va joylardagi muammolarni hal etishdagi ishtiroki tahlil qilindi. Shuningdek, Kengash kotibiyati tomonidan deputatlar faoliyatini samarali tashkil etish va ularni zaruriy ma’lumotlar bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi:

⚫️Deputatlar tomonidan tashabbuskorlikni oshirish;

⚫️Aholi bilan bevosita muloqotlarni ko‘paytirish;

⚫️Ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bo‘yicha nazorat tadbirlarini kuchaytirish;

⚫️Partiya dasturiy maqsadlarining Kengash qarorlarida aks ettirilishini ta’minlash.

Mazkur yig‘ilish O‘zLiDeP deputatlik guruhi faoliyatini yanada jonlantirish va aholining ishonchini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 7