Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
MUNOSABAT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga rasmiy tashrifi xalq diplomatiyasining yorqin namunasi bo‘lib, bugun nafaqat siyosiy doiralar, balki oddiy odamlar qalbida ham ishonch, quvonch va kelajakka umid uyg‘otdi.

Ushbu tashrif — yillardan beri shakllangan do‘stlik, mushtarak madaniyat va tarixiy yaqinlikning mantiqiy davomidir. Ammo eng muhimi — bu tashrif natijalari bevosita xalq hayotida o‘z aksini topadi. Chegara hududlarida savdo, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim kabi sohalarda erishilgan kelishuvlar oddiy odamlar hayotini yengillashtiradi, imkoniyatlarini kengaytiradi.

Biz, xalq deputatlari, bu jarayonlarda faqat kuzatuvchi emas, balki faol ishtirokchi bo‘lishimiz kerak. 

Yaxshi qo‘shnichilik bu — yuksak siyosat emas, yurakdan yurakka boradigan yo‘ldir. Tashrif mazmuni shuni yana bir bor isbotladi: biz kelajakka birga yurmoqdamiz — qadamimiz barakali, yo‘limiz porloq bo‘ladi!

Farhod Soyibov, 

Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputati