Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Доимий комиссия йиғилиши.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод тумани Кенгашида депутатлар йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Ёшлар билан очиқ мулоқот — келажакка қадам!
янв.21
Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича комиссияси йиғилиши
янв.21
Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси йиғилиши
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining doimiy komissiya yigilishi
янв.21
Депутат ва “Маҳалла еттилиги” хамкорлиги
янв.21
ПАХТАОБОД ТУМАНИДА “ЁШЛАР ОЙЛИГИ” ДОИРАСИДА СПОРТ ФЕСТИВАЛИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
Куз-қиш мавсумига тайёргарлик
#sessiya

#sessiya

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining navbatdagi 9-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahri hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari shahar Kengashining yettinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Xalq deputatlari, shahar hokimi I. Klichxanov, shahar ichki ishlar bo‘limi rahbari, hokim o‘rinbosarlari, Kengash kotibiyati, mahalliy korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibidan shaharning turli sohalarida 2025-yil II choragida amalga oshirilgan ishlarga oid muhim masalalar o‘rin oldi.

Dastlab, shahar adliya bo‘limi, ichki ishlar bo‘limi hamda Xalq qabulxonasi Nurafshon shahri bo‘limining chorak yakuni bo‘yicha axborot va hisobotlari eshitildi. Shuningdek, mahalliy byudjet daromadlari rejasi ortig‘i bilan bajarilgani va yer maydonlari bo‘yicha tushumlar asosida shakllangan mablag‘larni samarali yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi.

Bundan tashqari, quyidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar taqdim etildi:

🔹Shahar soliq inspeksiyasi;

🔹Tibbiyot birlashmasi;

🔹Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi;

🔹Yoshlar ishlari bo‘yicha shahar bo‘limi;

🔹Inson ijtimoiy xizmatlar markazi;

🔹“Toshkent suv ta’minoti” MChJ Nurafshon bo‘limi;

🔹Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi;

🔹Maktab va maktabgacha ta’lim shahar bo‘limi.

Sessiyada, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq shahardagi mavjud obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida “Tashabbusli byudjet” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jamoatchilik fikriga asoslangan tadbirlarni moliyalashtirish mezonlari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Nurafshon shahri bo‘limi tomonidan mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ham axborot berildi.

Sessiya yakunida qo‘shimcha masalalar ham ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 10