DEPUTAT FUQAROLAR MUROJAATLARINI QABUL QILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Aliyev tomonidan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish jarayoni tashkil etildi.
👍 Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammo va takliflarini bayon etib, turli masalalar yuzasidan murojaat qildilar.
🔎 Deputat tomonidan murojaatlarni atroflicha o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda ijrosini nazoratga olish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholi muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.