ISHCHI GURUH SHAKLLANTIRILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-maydagi 390-son qarori ijrosini o‘rganish maqsadida ishchi guruh shakllantirildi.
🔎 Ishchi guruh tomonidan qarorda belgilangan vazifalar, jumladan, investitsiyalarni jalb qilish, tashqi savdoni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish hamda hududning iqtisodiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish bilan bog‘liq masalalarni joylarda o‘rganish rejalashtirildi.
✏️ O‘rganish jarayonida mas’ul tashkilotlar faoliyati, belgilangan vazifalar ijrosi va mavjud muammolar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
👍 Maqsad — qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish va hududning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish.