#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_muhim_masala
#162_ta_qonun_ijrosi
Haftalik ish rejasiga asosan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati I.Yakubov tomonidan o‘z saylov okrugi hududida joylashgan Buyuk ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylardagi umumiy holat, isitish tizimlarining mavsumga tayyorgarligi, kirish yo‘laklari va umumiy foydalanish joylarining holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sovuq mavsumda aholiga qulay sharoit yaratish, mavjud infratuzilma va muhandislik tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Deputat mahalla raisi bilan birgalikda ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni qiynayotgan muammolarni ham o‘rgandi.