KAMBAG‘AL OILALAR DAROMADINI OSHIRISH — E’TIBOR MARKAZIDA
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Egamqulova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Shakarboyevlar tomonidan A.Navoiy mahallasi hokim yordamchisi M.Abdullayev bilan birgalikda mahallada kambag‘al oilalar reyestrida turuvchi fuqarolarning daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida kambag‘al oilalarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, fuqarolarning bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish bo‘yicha mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.