Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI
янв.21
Aholini qiynagan kanal muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashib, agrobiznes yo‘nalishida muhim tavsiyalar berdi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi va mahalla faoliyatini tahlil qildi
янв.21
Yoshlar bandligi yo‘lida muhim qadam: yer maydonlari o‘rganildi va amaliy ko‘mak kuchaytirildi
янв.21
Paxtakor mahallasida jinoyatchilikka qarshi profilaktika tadbirlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar kelajagi muhokamada: deputat bitiruvchilar bilan uchrashdi
янв.21
Halollik – taraqqiyot poydevori: deputat o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Tikuvchilik fabrikasida ish o‘rinlari va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat ichki kanallarni yaxshilash ishlarini nazoratga oldi
DEPUTATLARIMIZ YOSHLAR BILAN UCHRASHUVDA

 Xalq deputatlari Koson tuman Kengashi deputatlari Murod Mo‘minov, Do‘stmurod Boborajabovlar Koson tumanidagi ixtisoslashtirilgan maxsus maktabda "Deputat va yoshlar" mavzusida tadbir o‘tkazdi.  

Xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan ushbu davra suhbatida maktab direktori Abdumalik Temirov, ruhshunos Nargiza Umarovalar ishtirok etdi. 

So‘zga chiqqan deputat Murod Mo‘minov muhtaram yurtboshimizning joriy yilning 14 fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuv tafsilotlari haqida to‘xtalib, mamlakatimizning bugun 60 foizi yoshlardan iborat ekanligi, qanday imtiyozlar yaratilayotganligi, bilimli va ilmli yoshlarimizni jamiyatdagi mavqei, o‘zbek yigit qizlarining olamshumul yutuqlari xususida batafsil gapirib o‘tdi. Murod Mo‘minov “"Maykrosoft" kompaniyasi rahbari Bill Geytsning bir sekunddagi daromadi 226 dollarni, "Samsung" firmasining yillik daromadi 227 milliardni tashkil qilishini, ular bunga faqat vaqtida olgan bilimlari bilan erishganligini. Bir dona telefon ishlab chiqarishga shisha va plastik uchun bir dollar sarflansa Ayfon, Galaks telefonini o‘zini 100 dollardan 1000 dollargacha sotib olyapmiz, demak aql pul, inson omili muhim ekanligini. Hammasidan ibrat olib, faqat o‘qib o‘rganish kerakligini, izlanish kerakligini, ana shunda biz ko‘zlangan maqsadga erishamiz” dedi. 

Do‘stmurod Boborajabov o‘quvchi ma’naviy dunyosi, ta’lim sohasidagi erishilayotgan yutuqlar, kitob olami xususida o‘quvchilarga tushuntirish berdi. “Abduqodir Husanov, Diyora Keldiyorova, Gulruhbegim Tohirjonova singari yoshlarimizni namuna qilib ko‘rsatishimiz mumkin, ular tufayli butun mamlakat faxrlanmoqda. Prezidentimiz ham o‘z navbatida ularni namuna qilib ko‘rsatmoqda. Dunyo geosiyosiy maydonida notinchliklar hukm surayotgan bir paytda, bizning yurtimizda yoshlarimiz uchun hamma imkoniyatlar eshigi ochiq, faqat o‘qish kerak, ilm olish zarur” degan fikrlarni ta’kidladi. 

Deputatlik maqomi, faoliyati, ularning bugungi jamiyat hayotidagi o‘rni borasida, yoshlar bilan qanday ishlar olib borish yuzasidan ham atroflicha so‘z yuritildi, yoshlar bilan savol-javoblar o‘tkazildi. 

Slide 1 of 7