Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OLTINKO‘L MAHALLASINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
KAMBAG‘AL OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
KEKSALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI ORQALI MUAMMO BARTARAF ETILDI
янв.21
YOSHLARNING BANDLIGI VA ISHGA BO‘LGAN EHTIYOJI O‘RGANILDI
янв.21
«Paxtakor hayoti» gazetasining navbatdagi sonida Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanovaning «Xalq deputatlari — xalq bilan hokimiyat o‘rtasidagi muhim ko‘prik» nomli maqolasi chop etildi.
янв.21
DEPUTATNING 8 OYLIK FAOLIYATI SARHISOB QILINDI
янв.21
Ta’limga mas’uliyat bilan yondashish — muhim vazifa
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
O‘QUV MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Kitob — tafakkur va ma’rifat manbai

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati G. Ismoilova tomonidan kutubxonachilik yo‘nalishida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida kitob orqali inson qalbi va tafakkuriga yo‘l ochish, ilm-ma’rifat va axborot olami orqali jamiyatning ma’naviy hamda intellektual taraqqiyotiga xizmat qilishning ahamiyati haqida fikr almashildi.

Shuningdek, kutubxonachilik kasbining o‘ziga xos jihatlari, yosh avlod tarbiyasidagi muhim o‘rni, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida insonlar tafakkuri va dunyoqarashini boyitishda kutubxonachining vazifalari haqida suhbatlashildi.

Bugungi zamonaviy texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda kutubxonachilarga qo‘yilayotgan talablar, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda sohada yangicha yondashuvlarni qo‘llash masalalari yuzasidan qiziqarli fikr-mulohazalar bildirildi.

Slide 1 of 4