35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTATNING 8 OYLIK FAOLIYATI SARHISOB QILINDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 16-Binokor saylov okrugi deputati J.Uzaqovning 8 oylik faoliyati kotibiyatda sarhisob qilindi.

Sarhisob davomida deputat tomonidan amalga oshirilgan ishlar, saylovchilar bilan uchrashuvlar, fuqarolar murojaatlari hamda tegishli tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari tahlil qilindi.

Shuningdek, deputatlik so‘rovlarida ko‘tarilgan masalalar, ularga berilgan javoblar va muammolarning amaliy yechimi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Kelgusida saylovchilar murojaatlari bilan ishlash, hududdagi dolzarb masalalarni o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 1