👤 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Qo‘shnazarovga biriktirilgan tashkilot — Shovot tumani Kasaba uyushma Kengashi bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.
📌 Uchrashuv davomida xodimlarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
🔹 Tashkilotda xodimlar uchun yaratilgan mehnat va ijtimoiy sharoitlar, murojaatlar bilan ishlash hamda mavjud muammolarni o‘rganish holatiga e’tibor qaratildi.
🔹 Shuningdek, deputat va Kasaba uyushma Kengashi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va aniqlangan masalalarni hamkorlikda hal etish yuzasidan fikr almashildi.