35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏘 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN MANZILLI ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

👤 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Qo‘shnazarov tomonidan Ijtimoiyat mahalla fuqarolar yig‘inida kambag‘al oilalar ro‘yxatiga kiritilgan oila bilan ishlash bo‘yicha ishlab chiqilgan individual reja ijrosi o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida oilaning mavjud muammolari, ehtiyojlari va sharoitidan kelib chiqib belgilangan vazifalarning bajarilish holatiga e’tibor qaratildi.
🔹 Oilani kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
🔹 Shuningdek, individual rejada belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va manzilli bajarilishi, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.