Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Paxtakor hayoti» gazetasining navbatdagi sonida Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanovaning «Xalq deputatlari — xalq bilan hokimiyat o‘rtasidagi muhim ko‘prik» nomli maqolasi chop etildi.
янв.21
DEPUTATNING 8 OYLIK FAOLIYATI SARHISOB QILINDI
янв.21
Ta’limga mas’uliyat bilan yondashish — muhim vazifa
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
O‘QUV MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT 7-SONLI MAKTABDA OTA-ONALAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
INKLYUZIV TA’LIM BO‘YICHA SEMINAR-TRENING
янв.21
PAXTAKOR TUMANIDA “MAHALLABAY” IXTISOSLASHUV LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
PAXTAKOR TUMANIDA 18-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
PAXTAKOR TUMANIDA «G‘ALABA» MAHALLASI UCHUN YANGIDAN BARPO ETILGAN BINO FAOLIYATI BILAN TANISHILDI
9-BAND IJROSI:OILAVIY POLIKLINIKADA BEPUL DORI VOSITALARI TA’MINOTI O‘RGANILDI

9-BAND IJROSI:OILAVIY POLIKLINIKADA BEPUL DORI VOSITALARI TA’MINOTI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 9-bandi — bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rganish masalasi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat N.Eliboyev tomonidan Oshiq Ota MFY hududidagi oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida aholiga belgilangan tartibda bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati ko‘zdan kechirildi.

💱Hozirda poliklinikada 34 turdagi bepul dori vositalari mavjudligi aniqlandi.

📌 Shuningdek, dori vositalarining saqlanishi, hisobini yuritish hamda ehtiyojmand fuqarolarga belgilangan tartibda yetkazib berilishi bilan bog‘liq jarayonlar o‘rganildi.

🤝 Deputatlik nazorati doirasida aholining dori-darmon bilan ta’minlanishiga oid masalalarni doimiy monitoring qilib borish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2