35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 Deputatlik — bu nafaqat huquq, balki ulkan mas’uliyatdir!

Xalq vakilligining asosiy mazmuni faqat yuqori maqomga ega bo‘lishda emas, balki zimmadagi vazifalarni sidqidildan bajarishdadir. O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, har bir deputat majlislar va komissiya ishlarida faol qatnashishi, saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lib, ularning murojaatlarini hal etishi shart.

Shuningdek, qabul qilingan qarorlar ijrosini ta'minlash, o‘z faoliyati yuzasidan xalqqa hisobot berish va deputatlik odob-axloqi qoidalariga qat'iy rioya qilish har bir xalq vakilining asosiy burchidir.

🎯 Chunki deputatlik faoliyatining eng oliy mezoni va mazmuni — xalq ishonchini amaliy ishlar bilan oqlashdir!