Doimiy komissiya qaroriga koʻra, 2026-yil 2-mavsum gʻolib loyihalariga 9,1 mlrd soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirilmoqda:
🏫 Pastom MH (1-son maktab): Fasad va yoʻlaklar taʼmiri, futbol maydoni — 1,64 mlrd soʻm.
🛣 Hazorasp MH: 3 ta koʻchani asfaltlash — 1,64 mlrd soʻm.
🏫 Yoshlik MH (4-son maktab): Tom va sport zal taʼmiri, futbol maydoni — 1,64 mlrd soʻm.
⚽️ Obod MH (6-son maktab): Zamonaviy sport va workout maydonchasi — 1 mlrd soʻm.
🛣 Sharlauq MH: 3 ta koʻchani asfaltlash — 1,64 mlrd soʻm.
🏘 Saxovat MH (Deputat tanlovi): Bolalar va workout maydonchalari, infratuzilma — 1,6 mlrd soʻm.
🤝 Tumanimiz obodligiga hissa qoʻshgan barcha faol fuqarolarga rahmat!