35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi maktab faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Deputat o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Suvonobod mahallasidagi xususiy bog‘chalarda sharoitlar o‘rganildi
янв.21
ELEKTR TARMOQLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
2-BAND IJROSI: Tibbiy diagnostika xizmatlari va zamonaviy tibbiy apparatlardan foydalanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI
#24_masala

Davlatobodlik yosh tadbirkor Xusan Baxronov faoliyati bilan tuman yoshlar ishlari agentligi bo‘limi boshlig‘i tuman Kengashi deputati R. Rabbimov tanishdi.

Yosh tadbirkor oila a’zolari bilan birgalikda savat to‘qish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Ayni paytda 5 nafar oila a’zosi ushbu faoliyatga jalb etilgan bo‘lib, kuniga 100 tagacha savat tayyorlanmoqda.

Yosh tadbirkorning faoliyatini yanada kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha rejalari muhokama qilindi.

Tadbirkor faoliyatini kengaytirish maqsadida imtiyozli kredit olish istagini bildirdi. Mazkur masala yuzasidan hokim yordamchisi bilan birgalikda tegishli ko‘rsatma va amaliy tavsiyalar berildi.

Bugun davlat siyosatining muhim maqsadi — yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, har bir tashabbusni amaliy natijaga aylantirishdir.

Slide 1 of 2