35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi maktab faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Deputat o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Suvonobod mahallasidagi xususiy bog‘chalarda sharoitlar o‘rganildi
янв.21
ELEKTR TARMOQLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
2-BAND IJROSI: Tibbiy diagnostika xizmatlari va zamonaviy tibbiy apparatlardan foydalanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI
#kotibiyat_xodimi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-22-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasini samarali tashkil etish borasidagi ishlar hududlarda izchil davom etmoqda.

✔️Mazkur vazifalar ijrosini nazorat qilish va amaldagi holatni o‘rganish maqsadida Toyloq tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i I.Xurramov hamda tuman Kengashi mutaxassisi G.Rajabovalar tuman Obodonlashtirish boshqarmasida bo‘lishdi.

✔️O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Hududdagi mavjud daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish va ularni raqamlashtirish jarayonlari;
Har bir daraxtning o‘ziga xos elektron pasportini yaratish va yagona bazaga kiritish holati;
Yashil maydonlarni asrab-avaylash, sug‘orish tizimlarini yaxshilash hamda parvarishlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.

✔️Mazkur masala yuzasidan boshqarma xodimlariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdilar.

✔️Tabiatni asrash, hududlar ekologik barqarorligini ta’minlash va “Yashil makon” loyihasining ustuvor vazifalarini sifatli bajarish yo‘lidagi ishlar tuman miqyosida qat’iy nazoratga olingan.

Slide 1 of 3