📅 Bugun, 3-sentabr kuni 14-Nurafshon saylov okrugi deputati Jurayeva Saodatxon Xashimovna va tomonidan hududdagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari va ijtimoiy masalalar joyida o‘rganiladi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilot va mas’ullar bilan hamkorlikda hal etish, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda masalalarni deputatlik nazoratiga olishga alohida e’tibor qaratiladi.