Tadbirda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Mahkamov ishtirok etdi.
Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning o‘quvchilar hamda ustoz-murabbiylarga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
Deputat o‘z so‘zida o‘quvchilar, ota-onalar va pedagoglarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etib, yoshlarning sifatli ta’lim olishi va kelajakda munosib o‘rin egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni ta’kidladi.
Tadbirda maktab jamoasi, o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etib, o‘quvchilarga ezgu tilaklar bildirildi.