SAYLOV NATIJALARI RASMIY TASDIQLANDI
📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 26-Farobiy saylov okrugiga yangi deputat saylandi
📆 Olmazor tumani Saylov komissiyasining 2026-yil 18-avgustdagi 26-sonli qarori bilan Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashiga 26-Farobiy saylov okrugidan bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga o‘tkazilgan saylov natijalari tasdiqlandi.
📌 Saylov yakunlariga ko‘ra,
Kamolova Nargiza Olimjon qizi Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati etib saylandi.
🌱 Partiyaviy mansubligi:
O‘zbekiston Ekologik partiyasi.
✨Deputatlikka saylangan Kamolova Nargiza Olimjon qizini ushbu mas’uliyatli vazifaga saylangani bilan muborakbod etamiz.
⚡️Unga deputatlik faoliyatida saylovchilar manfaatlarini munosib ifoda etish, aholi bilan ochiq va samarali muloqot olib borish, hududdagi mavjud masalalarni o‘rganish hamda ularning yechimiga ko‘maklashish borasida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
🇺🇿 Xalq ishonchi — yuksak mas’uliyat!
✅ Saylov — fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqi va xalq irodasining muhim ifodasidir.
👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!