35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati — doimiy e’tiborda
янв.21
Aholi murojaati amaliy yechim topdi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — huquqiy ko‘mak va amaliy yechim
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Xusan Abduvohidov DXX kubogi Jizzax viloyati bosqichida munosib natijaga erishgan jamoalar bilan uchrashdi.
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish ishlari nazorat qilindi
янв.21
Xonadon tomorqasidagi imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Tomorqa — oilalar farovonligi va qo‘shimcha daromad manbai
янв.21
Deputat nazorati: muammo o‘z vaqtida bartaraf etildi
янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
Deputat so'rovi ijrosi

Deputat tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda mazkur elektr shiti himoya panjarasisiz va xavfsizlik talablariga to‘liq javob bermasligi aniqlangan. Ayniqsa, ushbu hududda istiqomat qilayotgan fuqarolar, bolalar va piyodalar uchun elektr toki urishi hamda qisqa tutashuv kabi xavf-xatarlar mavjudligi qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahar elektr ta’minoti korxonasi rahbariyatiga deputat so‘rovi kiritilib, muammoni bartaraf etish va mas’ullar tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Deputat so‘rovi natijasida elektr taqsimlash shiti atrofida zarur qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi hamda obyekt maxsus temir panjara bilan o‘rab, xavfsiz holatga keltirildi.

Bu esa deputatlik nazorati orqali fuqarolar murojaatlari o‘z vaqtida o‘rganilib, aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan amaliy choralar ko‘rilayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aniqlanayotgan muammolarni bartaraf etish va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.