“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamda Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi hamkorligida tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolarning murojaatlarini o‘rganishga qaratilgan huquqiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida fuqaroning murojaati batafsil o‘rganilib, mavjud holat yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, murojaatda ko‘tarilgan masalani qonuniy tartibda hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va yo‘nalishlar belgilab olindi.
Bunday huquqiy uchrashuvlar fuqarolarning murojaatlarini chuqur o‘rganish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarga qonuniy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fuqarolar murojaatlari doimo e’tiborda. Har bir murojaatga qonuniy va amaliy yechim topish — asosiy maqsad.