🏘 DEPUTAT AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA O‘RGANDI
📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, 25-Tallashqon saylov okrugi deputati O. Tursunov tomonidan o‘z saylov okrugidagi Boyqishloq mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, mavjud muammoli masalalar hamda fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
🚶 Shundan so‘ng deputat tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar uyma-uy yurib, joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
💧 O‘rganish jarayonida aholini qiynayotgan asosiy muammolardan biri — oqova suv sababli fuqarolarning tomorqalariga suv yetib kelmayotgani aniqlandi.
📨 Mazkur muammoni hal etish maqsadida shu kunning o‘zida tegishli mas’ullarga deputat so‘rovi yuborildi.
✅ Aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish va ularning yechimini nazoratga olish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.