35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
7-sonli DMTTdagi muammo yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
янв.21
Fuqarolar murojaati — doimiy e’tiborda
янв.21
Aholi murojaati amaliy yechim topdi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — huquqiy ko‘mak va amaliy yechim
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Xusan Abduvohidov DXX kubogi Jizzax viloyati bosqichida munosib natijaga erishgan jamoalar bilan uchrashdi.
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish ishlari nazorat qilindi
янв.21
Xonadon tomorqasidagi imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Tomorqa — oilalar farovonligi va qo‘shimcha daromad manbai
янв.21
Deputat nazorati: muammo o‘z vaqtida bartaraf etildi
O'rta Chirchiq tuman Xalq bankida "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi O'RQ-580-sonli QONUN IJROSI NAZORAT QILINDI


O'rta Chirchiq tuman Xalq bankida "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi O'RQ-580-sonli QONUN IJROSI NAZORAT QILINDI

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi N.Xaitqulov o‘ziga biriktirilgan hududda Xalq banki bolimi boshlig'i bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mamlakatimizda bank-moliya tizimini rivojlantirish, aholiga sifatli va zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sohadagi qonunchilik ijrosini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, O'rta Chirchiq tumanida faoliyat yuritayotgan Xalq bankining faoliyati va aholiga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari atroflicha o‘rganildi.

Jarayonda amaldagi qonunchilik talablari doirasida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

🔹 Aholiga bank xizmatlarining qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rsatilishi;

🔹 Fuqarolar va tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda xizmat ko‘rsatish sifati;

🔹 Kredit ajratish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari;

🔹 Bank tizimida zamonaviy raqamli xizmatlarni joriy etish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar.

Deputat va soha mas’ullari bank jamoasi hamda mas’ul xodimlar bilan muloqot o‘tkazib, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda amaldagi qonunchilik talablarini amaliyotda to‘liq ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirishdi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3