Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma ikkinchi sessiyasi oldidan, doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Oltinko'l mahallasida fuqarolar murojaati yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Deputat mahallada o'rganish ishlari olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Shodmonov Zoir Xolmurot o'g'li 2025-yilning to‘rtinchi choragi bo‘yicha saylovchilar oldida hisobot berdi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI
янв.21
“Mag‘lubiyatdan imperiyaga – Bobur yo‘li” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazorati va tashkilot hamkorligida nosozlik bartaraf etildi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida olib borilayotgan ishlari deputatlar tomonidan muntazam ravishda o'rganib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Misratullayev Boburjon tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
Farmon ijrosi nazoratga bog‘liq

Ma’lumki yurtimizda aholi turmush darajasini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlarining natijadorligiga erishishda yangicha yondashuv va to‘plangan milliy tajribani qo‘llash chora-tadbirlarini yanada yuqori bosqichga olib chiqish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentabr kuni qabul qilingan Farmoni va Qarori qabul qilinib, unga ko‘ra, 2025 yilda 1 million nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi
etib belgilandi.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi kotibiyati jamoasi va Kengashi deputatlari mahallalardagi mahalla yettiligi bilan xamkorlikda bu borada sezilarli ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Xususan, Urganch shahridagi “Gulshan”, “Gulzor”, “Ashxobod”, “Temiryo‘lchi”, “Nurli hayot”, “Mustaqillik” va “Feruz” mahallalarida yashovchi kambag‘al oilalarga biriktirilgan viloyat va shahar tashkilotlarining ushbu oilalarga shu kungacha oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarini o‘rganib, o‘rganish yakunida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirishga qaratilgan tegishli taklif va tavsiyalarini berdilar.   

Slide 1 of 1