Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlarining sayyor qabullari grafigiga muvofiq, 2025-yil 16-yanvar kuni “Iskandar” saylov okrugi deputati B.Kamalov tomonidan “Barraj” mahallasida sayyor qabullar o‘tkazildi.
Oʻtkazilgan sayyor qabulda aholi tomonidan "Barraj" MFY hududidagi Bogʻ koʻchasida tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, daydi itlar koʻpayib ketganligi hamda chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatidagi kamchiliklar kabi bir qator murojaatlar bildirildi.
Aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan deputat so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.