Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati O.Xolmurodova “Qoshtepa” mahallasining Maslahat ko‘chasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ko‘makka muhtoj oilalarning dardini eshitish, ularning ijtimoiy-maishiy muammolariga yechim topishdan iborat. Deputat fuqarolarning murojaatlarini atroflicha o‘rganib, tegishli tavsiyalar berdi. Aholi bilan doimiy muloqot va ularning og‘irini yengil qilish deputatlik faoliyatining bosh ezonidir.