Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati J.Uzaqov mahalla faollari va aholi bilan birgalikda Dilorom mahallasida obodonlashtirish hamda hashar ishlarida faol ishtirok etdi.
Hashar davomida ko‘chalar, ariq-zovurlar va jamoat joylari tartibga keltirilib, hududni yanada obod va fayzli qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Bunday ezgu tashabbuslar mahallada tozalik madaniyatini yuksaltirish, aholi uchun qulay va shinam muhit yaratish hamda hududning obod qiyofasini ta'minlashga xizmat qilmoqda.
🌱 Obod mahalla — farovon hayot garovi! Obodonlashtirish va ozodalikka hissa qo‘shish barchamizning umumiy mas'uliyatimizdir.