Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N.Allaberganova tuman Mahallalar uyushmasida mas'ul xodimlar bilan uchrashib, mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligi, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar hamda mavjud muammolarni o‘rganish yuzasidan muloqot o‘tkazdi.
📋 Uchrashuv davomida mahallalarda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, davlat dasturlari ijrosini samarali tashkil etish, fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, hududlarda uchrayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🤝 Shuningdek, kelgusida Mahallalar uyushmasi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududlardagi dolzarb masalalarni tizimli o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.