🏛 #_DEPUTAT_NAZORATI
#24_ta_masala
JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH VA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — DIQQAT MARKAZIDA
✅Bandixon tumanida aholi osoyishtaligini ta’minlash, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda xavfsiz muhit yaratish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
✅Bugun Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi mudiri
A. Pardayev hamda kotibiyat xodimi B. Qurbonov tumanimizdagi “Bektepa” mahallasida bo‘lib, hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati va amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarni o‘rganishdi.
✅Mazkur tashrif davomida mahallada xavfsizlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
✅Aholi osoyishtaligi — doimiy e’tibor markazida!