Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi Sh.To'xtamishev Chamanzor mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisining xizmat faoliyatini o‘rgandilar.
O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish fuqarolarni kredit, subsidiya va boshqa davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturlariga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalladagi xonadonlar bilan ishlash tizimi, "mahallabay" yondashuv asosida olib borilayotgan chora-tadbirlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.