Yig‘ilish UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasida bo‘lib o‘tdi. Unda dastur doirasida mahalliy darajadagi dastlabki natijalar, yoshlarni boshqaruv jarayonlariga jalb etish mexanizmlari, natijadorlikka yo‘naltirilgan boshqaruv va byudjetlashtirish tamoyillarini joriy etish bo‘yicha erishilgan yutuqlar hamda keyingi bosqich uchun ustuvor vazifalar muhokama qilindi.