Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi taklifiga asosan Andijon shahar “Bo‘ston” MFYda mahalla yettiligi faoliyatini o‘rganish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda shahar Kengashi deputati M. Jalolov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O. Olimjonov ishtirok etdi.
Muloqot davomida:
aholi muammolarini hal etish,
mahalla infratuzilmasini yaxshilash,
kambag‘allikni qisqartirish,
aholi bandligini ta’minlash,
tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, “Bo‘ston” MFY raisi O. Teshaboevga o‘z faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashish hamda aniqlanayotgan muammolarni tezkor va sifatli bartaraf etish yuzasidan deputat tavsiyalari berildi.
Bu kabi o‘rganish va uchrashuvlar davom etmoqda.