Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chamanzor suv uzatish inshootidagi mavjud kamchiliklar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Sulaymonov Nurali tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Suvonqulov Shohhasan tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Chamanzor mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqaro murojaatini joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Chamanzor mahallasidagi ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Chamanzor mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chamanzor mahallasida mahalla raisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Drayver” loyihalari doirasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Dastur asosida ta’mirlanadigan ichki yo‘llar holati o‘rganildi
“Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Bugun xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan tuman laboratoriyasida O‘zbekiston Respublikasining “Naslchilik to‘g‘risida”gi O‘RQ-165-I sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida laboratoriyaning moddiy-texnik bazasi va faoliyat samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

Mutaxassislar tomonidan laboratoriya faoliyatini yanada takomillashtirish uchun muammolar mavjudligi ma’lum qilindi.

Xususan, laboratoriyada avtoklav, sentrifuga, dozator va probirkalar yetishmasligi, suv hammomi qurilmasiga ehtiyoj mavjudligi, qo‘shimcha sovutgich (xolodilnik), kompyuter va printer zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, laboratoriya binosini ta’mirlash masalasi ham dolzarb ekani ta’kidlandi.

Doimiy komissiya a’zolari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilishini ma’lum qildilar.

Slide 1 of 4