Deputatlar tomonidan tumandagi ijtimoiy reyestrga kiritilgan I guruh nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan 3 nafar oilaning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 124 million so‘m ajratish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi.
Ajratiladigan mablag‘lar hisobidan mazkur oilalarning xonadonlari energiya tejamkor usulda ta’mirlanib, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash, issiqlik samaradorligini oshirish hamda yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish rejalashtirilgan.
Mazkur qaror aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarning turmush sifatini yaxshilash hamda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan amaliy ishlarning yana bir muhim ifodasi bo‘ldi.