Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvohidov tomonidan o'z saylov okrugi fuqarolari uchun navbatdagi qabul o‘tkazildi.
янв.21
Xotin-qizlar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Sport infratuzilmasi va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Paxtakor mahallasida xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Olmazor mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do‘squlova tomonidan Nurli Pangat mahallasida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 20-Oltinko‘l saylov okrugi deputati K. Mamanova tomonidan Oltinko‘l mahallasida fuqarolar murojaatlari asosida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do‘squlova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Xayrullayev bilan birgalikda Nurli Pangat mahallasida aholi tomorqalaridan unumli foydalanish holatini o‘rgandi.
янв.21
Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir muhim qaror Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 28-sessiyasida ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati B.Misratullayev tomonidan Buyuk ipak yo'li mahallasida joylashgan 3-son umumta’lim maktabi binosida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan bazalt qoplamasi (issiqlik izolyatsiyasi) ishlari sifati o'rganildi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati S.Jurayeva o‘z saylov okrugida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsion va tadbirkorlik loyihalari bilan tanishdi.

Jumladan, Qirguli mozor hududida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor A.Ulug‘bekovga tegishli dam olish maskanini kengaytirish loyihasi o‘rganildi. Mazkur loyiha doirasida mavjud maskan zamonaviy talablarga javob beradigan dam olish majmuasiga aylantirilishi rejalashtirilmoqda.

Loyihaning amalga oshirilishi natijasida hududning turistik va xizmat ko‘rsatish salohiyati yanada oshishi, aholi uchun qulay dam olish sharoitlari yaratilishi kutilmoqda. Eng muhimi, yangi faoliyat yo‘nalishlari tashkil etilishi hisobiga qo‘shimcha 8 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Deputat S.Jurayeva loyiha bilan tanishar ekan, uning hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qo‘shadigan hissasi, yangi ish o‘rinlari yaratishdagi ahamiyati hamda aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Slide 1 of 5