Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Xotin-qizlarning tomorqadan samarali foydalanishi deputat e’tiborida.

Xotin-qizlarning tomorqadan samarali foydalanishi 5-Bog’cha saylov okrugi deputat M.Atoyeva e’tiborida bo’lib, ushbu yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlar joylarda tizimli ravishda o’rganilmoqda. Mirishkor mahallasining aholi xonadonlariga tashriflar davomida tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, mavjud imkoniyatlarni to’liq ishga solish va qo’shimcha daromad manbaini yaratish masalalariga alohida urg’u berilmoqda.

Xususan, pomidor va kartoshka kabi asosiy sabzavot ekinlarini yetishtirish va parvarishlash jarayonlari ko’zdan kechirilib, agrotexnik talablarga amal qilish holati tahlil etildi. Ekinlarni o’z vaqtida ekish, sifatli urug’ tanlash, yerni tayyorlash, mineral va organik o’g’itlardan oqilona foydalanish, muntazam sug’orish ishlarini yo’lga qo’yish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, kasallik va zararkunandalarga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirish, hosildorlikni oshirishga qaratilgan zamonaviy usullardan foydalanish bo’yicha tushuntirishlar berildi.

O’rganishlar davomida ayrim xonadonlarda yuqori natijalarga erishilayotgani qayd etilib, ularning ilg’or tajribalarini ommalashtirish yuzasidan takliflar ilgari surildi. Shu bilan birga, tomorqadan foydalanishda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar ham ko’rsatib o’tildi va ularni bartaraf etish bo’yicha aniq tavsiyalar berildi.

Xotin-qizlarning tomorqachilik faoliyati orqali bandligini ta’minlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish, oilaviy byudjetga qo’shimcha daromad kiritish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi. Bu borada ularga amaliy ko’mak ko’rsatish, zarur maslahatlar berish va qo’llab-quvvatlash choralari belgilab olindi.
 

Slide 1 of 1