Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Nurli Pangat MFYda pillachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan xonadonlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat Buyuk Ipak yo‘li mahallasida soliq inspektori faoliyatini o‘rgandi
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.

Тuman Kengashi mutaxassisi Sh.Tog’ayev 11-Toshrabot saylov okrugi deputati M.Umurova hamda "MADAD" NNT tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Fatullayevlar Toshrabot mahalla binosida hududdagi saylovchilar bilan uchrashish maqsadida navbatdagi ochiq muloqotni tashkil etdi. Uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, jumladan, ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar sifati, infratuzilmani yaxshilash kabi masalalar muhokama qilindi.

Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo’lsa, murakkabroq tuammolar mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ko’rib chiqilishi ta’kidlandi.

Deputat o’z navbatida, aholi bilan bunday uchrashuvlar muntazam o’tkazilishi, har bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligi va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa ekanini alohida qayd etdi.

Mazkur uchrashuv aholi vakillari bilan ochiq va samimiy muloqot ruhida o’tdi hamda ko’tarilgan masalalarni ijobiy hal etishga qaratilgan muhim qadam bo’ldi.
 

Slide 1 of 1