Hududda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini o’z vaqtida aniqlash va hal etish maqsadida Chilong’u mahalla xotin-qizlar faolining amalga oshirayotgan ishlarini 10-Chilong’u saylov okrugi deputati M.Bozorov tomonidan o’rganildi.
O’rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o’rgatish, tadbirkorlikka jalb etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko’rsatilayotgan amaliy yordamlar tahlil qilindi. Shuningdek, muammoli xonadonlar bilan manzilli ishlash, yosh qizlarni qo’llab-quvvatlash va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan mavjud muammolar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Xotin-qizlar faolining faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish va natijadorlikni oshirish bo’yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Bu kabi o’rganishlar aholi farovonligini ta’minlash, ayniqsa xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.