Tuman hududida xavfsiz va osoyishta muhitni shakllantirish, fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlash, yashirin iqtisodni oldini olish, tadbirkorlik qulay muhit yaratish bo’yicha qator tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
✅ Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi deputati N.Abduraxmanov, tuman prokurori J.Nuriddinov hamda tuman IIOFMB boshlig‘i U.A’zamxo‘jayev ishtirokida “Food City” savdo majmuasi hududida o’rganish ishlari olib borildi.
✅ Mazkur uchrashuv doirasida muammolar tahlil qilinib, mavjud infratuzilmani takomillashtirish va fuqarolar xavfsizligini yanada mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.