Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Oltinko‘l mahallasida uy-joy ta’miri bo‘yicha murojaatni o‘rgandi
янв.21
Deputat nazoratida: yangi maktab qurilishi diqqat markazida
янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI
янв.21
Aholini qiynagan kanal muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashib, agrobiznes yo‘nalishida muhim tavsiyalar berdi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi va mahalla faoliyatini tahlil qildi
янв.21
Yoshlar bandligi yo‘lida muhim qadam: yer maydonlari o‘rganildi va amaliy ko‘mak kuchaytirildi
янв.21
Paxtakor mahallasida jinoyatchilikka qarshi profilaktika tadbirlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar kelajagi muhokamada: deputat bitiruvchilar bilan uchrashdi
янв.21
Halollik – taraqqiyot poydevori: deputat o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashid deputati Ochilov Farmon Bahronovich tomonidan deputat so‘rovi chiqarildi.

O‘rganish jarayonida mahalla aholisi bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, fuqarolar tomonidan qator muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Jumladan, “Xo‘ja Doniyor” MFY hududida mini stadion qurish masalasi ko‘tarildi. Ushbu sport inshooti homiylar va mahalla fuqarolari tomonidan barpo etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uni amalga oshirish uchun tegishli ruxsatnoma ajratish zarurligi ta’kidlandi.

 Mazkur murojaat asosida deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga rasmiy deputatlik so‘rovi chiqarilib, mini stadion qurish uchun ruxsat berish masalasini ijobiy hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.

Bunday tashabbuslar aholini sportga keng jalb etish, yoshlar salomatligini mustahkamlash va hudud infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.