Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati U. Mirzaumarov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘jamberdiyevlar tomonidan Axshakguzar mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilangan ishlar o‘rganildi.
O‘rganishlar jarayonida mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida o‘rnatilgan video kuzatuv kameralari holati batafsil ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ularning texnik sozligi, qamrov darajasi va samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.