Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI
янв.21
Aholini qiynagan kanal muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashib, agrobiznes yo‘nalishida muhim tavsiyalar berdi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi va mahalla faoliyatini tahlil qildi
янв.21
Yoshlar bandligi yo‘lida muhim qadam: yer maydonlari o‘rganildi va amaliy ko‘mak kuchaytirildi
янв.21
Paxtakor mahallasida jinoyatchilikka qarshi profilaktika tadbirlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar kelajagi muhokamada: deputat bitiruvchilar bilan uchrashdi
янв.21
Halollik – taraqqiyot poydevori: deputat o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Tikuvchilik fabrikasida ish o‘rinlari va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat ichki kanallarni yaxshilash ishlarini nazoratga oldi
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi

Bugun G‘ozg‘on shahri "Marmarobod" MFY hududidagi 3-sonli umumta’lim maktab binosida shahar hokimi, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Nurali Jo‘rayev o‘z saylov okrugida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. 

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy, kommunal, infratuzilma hamda boshqa yo‘nalishlardagi muammolar atroflicha tinglandi. Bildirilgan har bir murojaat yuzasidan tegishli soha mas’ullariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Qabul jarayonida ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha esa aniq muddatlar belgilandi.

Bunday ochiq muloqotlar aholining ishonchini mustahkamlash, joylardagi muammolarni tizimli hal etish hamda hududlarni yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 9