Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO'ROVI
янв.21
Aholini qiynagan kanal muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashib, agrobiznes yo‘nalishida muhim tavsiyalar berdi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi va mahalla faoliyatini tahlil qildi
янв.21
Yoshlar bandligi yo‘lida muhim qadam: yer maydonlari o‘rganildi va amaliy ko‘mak kuchaytirildi
янв.21
Paxtakor mahallasida jinoyatchilikka qarshi profilaktika tadbirlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar kelajagi muhokamada: deputat bitiruvchilar bilan uchrashdi
янв.21
Halollik – taraqqiyot poydevori: deputat o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Tikuvchilik fabrikasida ish o‘rinlari va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat ichki kanallarni yaxshilash ishlarini nazoratga oldi
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 22-Shampan saylov okrugidan saylangan deputat Abdullayev Abdulatif Abdumavlon o‘g`li o‘zi saylangan okrugdagi “Qizilsoy” mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Yoshlar yetakchisi tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar, amalga oshirilgan ishlar va o‘tkazilgan tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Tadbir yakunida “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 2